Qaysi oʻquvchi ortda qolayotganini kech bilasizmi?
Jurnal, davomat, xulq, jadval va dars ishlanmasi — har kungi ish bir joyda.
Jurnalni sinab koʻrishIsh rejani yuklaysiz — mavzular darslarga kunma-kun joylanadi. Darsda taqdimot va test oʻtkazasiz: telefondan, QR-kartadan yoki qogʻozda. Natijalar jurnalda yigʻiladi, qaysi biri bahoga kirishini oʻzingiz tanlaysiz — kimga yordam kerakligi darhol koʻrinadi.
Bugun darsda nima qilasiz?
Oʻqituvchilar uchun bepul. Bank kartasi talab qilinmaydi.
Jurnal, davomat, xulq, jadval va dars ishlanmasi — har kungi ish bir joyda.
Jurnalni sinab koʻrish«Eʼtibor kerak» roʻyxati — davomat, xulq va baho pasayishiga qarab kimga yordam kerakligini bosh sahifa oʻzi koʻrsatadi.
Davomat — bir bosishda — butun sinf kelgan boʻlsa, sana ustunini bir marta bosasiz.
Ish reja — Excel yoki Word fayldan — mavzular jadval boʻyicha kunma-kun joylanadi, taʼtil kunlari oʻtkazib yuboriladi.
SI dars rejasi — mashq va test savollarini dars davomiyligiga moslab tuzadi. Oʻquvchilar ismi SIʼga yuborilmaydi.
Qaysi yoʻl bilan oʻtkazmang, natija bitta jurnalga tushadi — qaysi test bahoga kirishini oʻzingiz belgilaysiz.
Baholash haqidaJonli test — oʻquvchilar oʻz telefonidan PIN yoki QR orqali qoʻshiladi.
Telefonsiz sinf — oʻquvchilar QR-kartani koʻtaradi, kamera barcha javoblarni bir zumda oʻqiydi.
Qogʻoz test — javob varaqlarini chop etasiz va telefon kamerasi bilan tekshirasiz.
Uyga vazifa — muddat bilan; oʻquvchi har savoldan keyin natijasini darhol koʻradi.
Slayd koʻrsatish va sinfni tekshirish — bitta taqdimotda.
Taqdimot haqidaPowerPoint va PDF dan — tayyor slaydlaringizni qaytadan yasamaysiz.
Slaydlar orasida savol — test, soʻrovnoma, soʻz buluti yoki ochiq javob.
Jonli sessiya — oʻquvchilar telefonidan QR yoki PIN bilan qoʻshiladi.
Doskada ochiladi — taqdimot sinf ekranida taymer va svetofor yonida turadi.
Projektor va katta ekran uchun — uzoqdan ham oʻqiladi.
Doskani ochishTaymer va soat — mashq vaqtini butun sinf katta ekranda koʻrib turadi.
Svetofor — «jim ishlaymiz», «pichirlab», «erkin gaplashamiz» — qoidani har safar aytib oʻtirmaysiz.
Matn va stikerlar — topshiriq va eslatmani doskaga yozib qoʻyasiz.
Roʻyxatdan oʻtmasdan — taymer, svetofor va soat darhol ochiladi.
Oʻqituvchi paneli: jurnal, davomat, xulq, jadval, ish reja va SI bilan dars rejasi.
Imkoniyatlarni koʻrishOʻqituvchilar yozgan maqolalar: tajriba, metodika, dars gʻoyalari. Oʻzingiz ham yozasiz.
BatafsilArqon tortish, Poyga, Jonli oʻyin va boshqalar — testdan oʻyin yarating, sinfda musobaqa oʻtkazing.
BatafsilOnlayn test, qogʻoz test skaneri va QR-kartalar — natija jurnalga tushadi.
BatafsilSinf ekrani: taymer, svetofor va jonli taqdimot. Taymer bilan svetofor kirmasdan ham ishlaydi.
BatafsilDarsni tayyorlash, oʻtkazish va baholash uchun kerak boʻlgan hamma narsa oʻqituvchilar uchun bepul. Pullik tariflar haqida oldindan ochiq aytamiz.
Oʻqituvchilar eng koʻp soʻraydigan savollar.
Savolingizga javob topmadingizmi? Telegram orqali yozing
Google yoki Telegram bilan bir tugmada kirasiz. Sinfingizni qoʻshing, ish rejani yuklang — ertangi darsga tayyorsiz.
Bepul roʻyxatdan oʻtishBepul · Karta kerak emas · 7 tilda