Ustozonaboshqaruvbaholashintellektdoskaboshqaruv

Dars jadvalini sozlash


Qoʻngʻiroq jadvalini sozlash

Dars jadvali sahifasida yuqori oʻng burchakdagi "⋯" menyusidan "Qoʻngʻiroq jadvali"ni tanlang. Avval maktabingiz ish tartibini tanlang — bir smenali yoki ikki smenali (ikki smenali boʻlsa, 1- va 2-smena alohida sozlanadi).

Har smena uchun tanaffus va katta tanaffus davomiyligini kiritasiz — dars boshlanish vaqti va darslar soni maktab standartlariga koʻra avtomatik hisoblanadi. Saqlaganingizda, agar vaqtlar oʻzgargan boʻlsa, allaqachon joylashtirilgan darslar yangi vaqtga avtomatik koʻchadi.

Sinflarni jadvalga joylashtirish

Chap panelda barcha sinflaringiz roʻyxati, oʻngda esa haftalik jadval turadi. Kerakli sinf kartasini tortib, jadvaldagi kun/vaqt katagiga tashlang.

Ikki koʻrinish mavjud: "Kalendar" rejimida istalgan vaqtga (15 daqiqalik qadam bilan) erkin joylashtirasiz; "Katakcha" rejimida esa qoʻngʻiroq jadvali asosida tayyor darslar katakchasiga bosib joylashtirasiz.

Joylashtirilgan darsni surish uchun uni tortib boshqa joyga qoʻying, davomiyligini oʻzgartirish uchun chekkasidan torting. Darsni bosganda ochiladigan oynada vaqtini tahrirlash yoki oʻchirish mumkin.

Jadval oʻzgarsa nima boʻladi

Jadvalni tahrirlaganingizda tizim sizni toʻxtatmaydi — oʻzgarishlar qoralamada yigʻiladi va jadval ustida "Qoʻllash…" paneli chiqadi. "Qoʻllash…" bosilganda ikki yoʻldan birini tanlaysiz: tanlangan sanadan boshlab yangi versiya (oʻtgan darslar eski jadvalda qoladi) yoki hoziroq hamma kunlarga (oʻtgan kunlar ham yangi jadval bilan koʻrsatiladi — xato tuzatilganda shu qulay). Bu semestr davomida jadval oʻzgarsa, eski davr yozuvlari buzilmasligini taʼminlaydi.

Oʻtgan (arxivlangan) versiyalar qulflangan holda saqlanadi — ularni tahrirlash uchun avval ochib olish kerak boʻladi.

Bu maqola foydali boʻldimi?